Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘im” loyihasiga start berilganini ma’lum qildi. Bu orqali budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda.
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi 4 ta harfning yangi shakli loyihasini jamoatchilik turlicha qarshi oldi: buning “hammaga kerakli o‘zgarish” ekani aytilayotgan bir paytda “o‘zgartirish uchun mantiqiy sabab topa olmayotgan”lar va “to‘rt harfning o‘zgarishi islohot emas” deguvchilar bor. Munosabatlar.
O‘zbekistonda davlat idoralari rahbarlarining faoliyati jamoatchilik fikridan kelib chiqib baholanadi. Aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida murojaatlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish amaliyoti joriy etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting